"Man Siti" yozda xavbek va o'ng qanot himoyachisini sotib olmoqchi. Klubga Kambyazo va Livramento qiziq

Alisher
26 fev 2025, 15:44
"Manchester Siti" yozgi transferlar uchun nomzodlarni ko'rib chiqmoqda.

"Shaharliklar" yozda o'ng qanot himoyachisi va yarim himoyachi, aniqrog'i "sakkizlik"ni sotib olishni maqsad qilgan.

Qayd etilishicha, Pep Gvardiola Angliyadagi faoliyati davomida eng ko'p o'yinchiga ega tarkibni shug'ullantirishi mumkin.

Klub himoyachi bobida "Nyukasl" vakili Valentino Livramentoga ko'z tikmoqda. Bundan tashqari, "Yuventus" vakili Andrea Kambyazoga da'vogarlik qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: telegraph.co.uk