“Man Siti” himoyachisi jarrohlik amaliyotini boshdan o'tkazdi

Eldor Akmurzayev
30 iyul 2022, 08:10
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola shogirdi Emerik Lyaportning holati bo'yicha ma'lumot berdi.

“Lyaport jarohat olgan. U operaciya qilindi. O'tgan mavsumning bir qator o'yinlarini jarohat bilan o'tkazdi va aql bovar qilmas kuch sarfladi, ammo endi bunday qilolmaydi.

Hozir u o'zini yaxshi his etmoqda. Muammo tizza bilan bog'liq bo'lgani uchun ehtiyot bo'lish lozim. Agar hammasi ijobiy kechsa, u sentyabrda safga qaytadi”, deydi ispaniyalik mutaxassis.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Manсhester Evening News