“Maldonado Cup”. O'zbekiston U-20 termasi oxirgi turda Braziliyaga kichik hisobda yutqazdi. Maskerano shogirdlari esa bosh sovrin egasiga aylandi

Eldor Akmurzayev
11 sen 2022, 09:45
Urugvayda tashkil etilgan 20 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi xalqaro musobaqa o'z yakuniga etdi.

O'zbekiston vakillari 3-turni Braziliyaga qarshi o'tkazib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. O'yindagi yagona golni esa “Gremio” hujumkor yarim himoyachisi Ronald Kardoso 60-daqiqada urdi.

Ravshan Haydarov shogirdlari ilk turda Urugvayga (1:3), keyin esa Argentinaga (0:2) yutqazgandi va shu bilan musobaqani autsayder bo'lib yakunladi.

Xaver Maskerano boshqaruvidagi argentinaliklar esa Braziliya (1:1) bilan durang o'ynab, O'zbekiston hamda Urugvayni 2:0 hisoblari bilan mag'lub etgan holda bosh sovrin egasiga aylandi.

Braziliya – O'zbekiston 1:0 (0:0, 1:0)

“Domingo Burgenyo Migel” stadioni.

Gol: Ronald Kardoso 60.

O'zbekiston U-20 (asosiy tarkib): 21. Otabek Boymurodov, 3. Saidafzalhon Axrorov, 5. Diyor Ortiqboev, 6. Jahongir Urazov, 7. Pulatxo'ja Xoldorxonov, 10. Umarali Rahmonaliev (c), 14. Zafarmurod Abdurahmatov, 15. Zafar Hakimov, 16. Hislat Xalilov, 17. Nodir Abdurazzakov, 18. Aziz Holmurodov, 22. Sherzod Esanov

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia