

Madrid klubi rasmiy sayti xabariga ko'ra, tibbiy ko'riklardan so'ng himoyachi David Alaba va yarim himoyachi Orelen Tchuamenida jarohatlar aniqlangan.
Har ikki futbolchining oyog'ida jarohat borligi aniqlangan. Ularning qachon safga qaytishi ma'lum emas. Futbolchilar chuqurlashtirilgan ko'rikdan o'tishi kutilmoqda, shundan so'ng ularning tiklanish muddati ma'lum bo'ladi.
Alaba "Vilyarreal"dan uchralgan mag'lubiyatda 90 daqiqani maydonda o'tkazdi, Tchuameni esa 64-daqiqada almashtirildi.
"Qaymoqranglilar" 38 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. 16-turda “Atletiko”ni mag'lub etgan (1:0) “Barselona” La Ligada peshqadamlik qilmoqda.



