Lyov: "Mario Gomesning "Beshiktosh"dagi muvaffaqiyatlaridan juda xursandman"

Aslanov Jasurbek
6 okt 2015, 14:16
Hujumchi Mario Gomesning "Beshiktosh"dagi ishtiroki Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyovda yaxshi taassurot qoldirmoqda.

"Rostdan ham juda xursandman, chunki Turkiyada "Beshiktosh", "Galatasaray" va "Fenerbaxche" kabi jamoalar qanday bosim ostida bo'lishini bilaman. Gomes bu mavsumda juda ko'plab gollar muallifiga aylanishiga ishonaman. Eshitishimcha, Turkiyada Marioning muxlislari juda ko'p ekan" - deydi Lyov.

Gomes Turkiya chempionatining 7ta uchrashuvida 6ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport1