"Qo'qon-1912" "Beshiktosh" futbolchisi bilan shartnoma imzoladi

Оқил Абдубарноев
22 fev 2026, 21:30
"Qo'qon-1912" klubi Turkiyaning "Beshiktosh" yoshlar jamoasida to'p tepgan Alper O'zdemir bilan shartnoma imzoladi.

Manbaning ma'lumotiga ko'ra, futbolchi legioner hisoblanmasligi uchun O'zbekiston sport pasportini rasmiylashtirgan.

Alper O'zdemir Toshkentda tug'ilgan. U "Beshiktosh" U-17 tarkibida Turkiya chempioni bo'lgan, U-19 jamoasi bilan esa chempionatni kumush medallar bilan yakunlagan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Eurasia Football