Lukaku MYUdan uni boshqa klubga qo'yib yuborishlarini talab qildi

6 avg 2019, 21:45
"Manchester Yunayted"ning belgiyalik hujumchisi Romelu Lukaku jamoadan ketishni qattiq istamoqda.

Bu haqda France Football nashri ma'lum qildi. Manbaga ko'ra, futbolchi boshqa klubga qo'yib yuborishini "qizil iblislar" rahbariyatidan talab qilgan. Ayni paytda u "Anderlext" klubida mashg'ulot o'tkazmoqda. E'tiborlisi, MYU ushbu mashg'ulot uchun Romeluga ruxsat bermagandi. 

26 yoshli forvard o'tgan mavsum MYUning barcha musobaqalarda 45 ta o'yinida qatnashdi va 15 ta gol, 4 ta assist qayd etdi. Uning mankunianliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yil 30 iyun kuni tugaydi.

O'xshash yangiliklar


Manba: football-italia.net