Luish Figu: "Hech bir klub Mbappega "Real"dan ko'prog'ini bera olmaydi"

Omonjon To`xtamirzayev
27 mar 2024
"Real" sobiq futbolchisi Luish Figu PSJ forvardi Kilian Mbappening Madrid klubiga ehtimoliy transferi haqida gapirdi.

"Agar gap dunyo miqyosidagi obro' haqida ketsa, hech bir klub "Real" bilan bahslasha olmaydi. Agar Mbappening tanlovi boshqa faktorlarga tayanmasa, uning keyingi jamoasi "Real" bo'lishi aniq".

Ma'lumot uchun, Figu "Barselona"da 1995 yildan 2000 yilga qadar, "Real"da esa 2000-2005 yillarda to'p tepgan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: AS