Luis Suares jarohatidan to'liq tuzaldi va "Malorka"ga qarshi o'yinga tayyor

Alisher
6 iyun 2020, 18:14
"Barselona" hujumchisi Luis Suares tizzasidan olgan jarohatidan to'liq tuzaldi.

Kataloniyaliklar tibbiy shtabi 33 yoshli forvardning La Liga restartidan keyingi 13 iyunda bo'lib o'tadigan "Malorka"ga qarshi o'yinda ishtirok etishiga ruxsat berishdi.

Eslatib o'tamiz, tizzasidan jiddiy jarohat olgan urugvaylik futbolchi yanvarda operaciya qilingandi.

Futbolchi umumiy hisobda 147 kunni o'tkazib yubordi. U joriy mavsum 23ta o'yinda maydonga tushib, 14ta gol urishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/LuisSuarez9