Luis Gustavo Amerika kubogini o'tkazib yuboradi

Narzulla Saydullayev
3 iyun 2016, 13:41
Volfsburg va Braziliya terma jamoasi a'zosi Luis Gustavo Amerika kubogida ishtirok eta olmaydi.

Braziliya futbol federatsiyasi Luis Gustavoning o'rnini Amerika kubogida Gremio vakili Uolles egallashini ma'lum qildi.

"Volfsburg" yarim himoyachisi AQSHdagi musobaqani shaxsiy muammolari tufayli o'tkazib yuboradi.

Braziliya guruh bosqichida Ekvador, Gaiti va Peru bilan o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lequipe.fr