Londondagi oila "Chelsi"ning yangi stadioni qurilishiga halaqit berishi mumkin

Aslanov Jasurbek
12 yanv 2018, 17:12
Londondagi oila "Chelsi"ning yangi stadioni uning uyiga tushadigan quyosh ko'rinmay qolishidan xavfsirab klubni sudga berdi.

Oldinroq, "aristokratlar" egasi Roman Abramovich 1,3 mlrd evro evaziga 60 ming muxlisga mo'ljallangan arena qurishi e'lon qilingan edi. London g'arbida yashovchi oilaning fikricha, yangi stadion quyosh nuriga jiddiy ta’sir ko'rsatishi mumkin.

"Chelsi" vakillarining ma'lum qilishicha, klubning yangi stadioni qurilishi ommaviy muhokama qilingan va mahalliy fuqarolarning 97% qurilishni qo'llab-quvvatlagan. Klubdagilar oilaga yuridik va moliyaviy yordam ko'rsatishni taklif qilishgan, ammo oila taklifni qabul qilmadi. "Chelsi" rahbariyati shahar kengashiga arena qurilishini taqiqlamaslik haqida murojaat qildi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC