“Lokomotiv” sobiq vice-prezidenti: “Jaloliddinov o'z yosh toifasidagilar orasida eng iqtidorli futbolchilardan biri, u Joau Mariudan kuchliroq bo'ladi”

Eldor Akmurzayev
18 iyul 2020, 20:34
Moskvaliklar sobiq-vice prezidenti Yuriy Belous “Bunyodkor” a'zosi Jasur Jaloliddinov faoliyatini “Lokomotiv”da davom ettirishini tasdiqladi.

“Ha, bu haqiqat. U o'z yosh toifasidagilar (2002 yil tug'ilgan) orasida eng iqtidorli futbolchilardan biri hisoblanadi va Osiyoning eng yaxshi besh o'yinchisi qatorida. Bu zo'r futbolchi. Juda ajoyib.

O'ylashimcha, u Joau Mariudan kuchliroq bo'ladi. Ishonamanki, mazkur futbolchi yaqin yillarda "Lokomotiv”ning o'yinini aniqlab beradi”, deya qayd etgan Belous.

Avvalroq, Jaloliddinov “Beshiktosh”ni emas, “Lokomotiv”ni tanlagani haqda ma'lumot bergandik.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Metaratings.ru