

Ayni damda OCHL yarim finali ostonasida turgan Toshkentning “Lokomotiv” klubi murabbiylari Andrey Miklyaev va Mirko Yyelichich shu yilning 1-2 sentyabr kunlari Shanxay shahrida tashkil etiladigan OFK elit forumida ishtirok etishadi.
Ushbu forum yakunlangach ikki murabbiy o'rtasida “Lokomotiv” stadionida davra suxbati o'tkaziladi. Andrey Miklyaev va Mirko Yyelichich jurnalistlarning o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob beradilar. Ushbu davra suhbati sanasi haqida yaqin kunlarda batafsil ma'lumot beramiz.



