“Lokomotiv” ikki nafar futbolchisini ijaraga berdi

Narzulla Saydullayev
9 avg 2017, 14:32
Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi o'z safini mahoratli futbolchilar ila to'ldirish bilan bir qatorda o'z futbol maktabi tarbiyalanuvchilarini tarkibga jalb etishga ham alohida e'tibor qaratmoqda.

Natijada “temiryo'lchilar” safida har bir chiziqda bir necha nafardan raqobatbardosh o'yinchilar to'p surishmoqda.

Mana shunday futbolchilarning o'yin amaliyotiga ko'proq ega bo'lishini ko'zlagan holda “Lokomotiv” bazi bir futbolchilarni ijaraga berishga ham e'tibor bermoqda. Jumladan, O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi Salamat Qutiboev ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishi uchun mavsum so'nggiga qadar “Buxoro” jamoasiga ijaraga berildi.

Shuningdek, yosh istedod egasi Bobir Yo'ldoshev ham mavsum so'nggiga qadar Farg'onaning “Neftchi” jamoasi safida ijara asosida harakat qiladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia