"Liverpul"ning keyingi bosh murabbiyi kim bo'lishi mumkin?

Mirjalol Normatov
22 dek 2019, 17:53
Britaniya ekspertlari Yurgen Kloppdan keyin "Liverpul"ni kim boshqarishi mumkinligi borasidagi imkoniyatlarni baholab chiqishdi.

Unga ko'ra, birinchi o'rin 29 foizdan baholangan Stiven Jerard va Pepeyn Leyndersga nasib etdi. Shuningdek, Xabi Alonso 11 foizlik ovoz bilan 3-o'ringa loyiq ko'rildi. Uning ortidan esa Yulian Nagelsman, Marselo Belsa, Luis Enrike, Nunu Eshpiritu Santu, Diego Simeone va Tomas Tuxel kabi murabbiylar qayd etildi.

Shuningdek, ro'yxatning so'nggi qatorida 0,01 foiz ovoz bilan ser Aleks Fergyuson, Gari Nevill, shuningdek, Maykl Ouenlarni ham ko'rishimiz mumkin.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal