"Liverpul" Tchuameni bilan yozda shartnoma imzolashi mumkin. Shuningdek, xavbekka MYU ham qiziqmoqda

Alisher
7 yanv 2022, 17:54
"Liverpul" yozda yarim himoya chizig'ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

"Monako" xavbeki Orelen Tchuameniga da'vogarlardan biri "Liverpul" klubidir. 21 yoshli yarim himoyachiga shuningdek "Manchester Yunayted" ham befarq emas.

Agar "Liverpul" o'z poziciyasida tursa, unda kurash kuchli bo'ladi. "Monako" Tchuameni uchun 50-60 mln evro olmoqchi.

Fransiya terma jamoasi o'yinchisi joriy mavsum "Monako" tarkibida barcha musobaqalarda 28ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Athletic