"Liverpul" sobiq darvozaboni Belgiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Sherzod Nurmatov
14 mar 2023, 13:29
"Bryugge" posboni Simon Minole Belgiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini ma'lum qildi.

"Mag'rurlik. Sharaf. Minnatdorchilik. Ushbu uchta so'z bilan men faoliyatimdagi bu go'zal bobni tasvirlab bera olaman", – dedi 35 yoshli futbolchi.

Minole 2011 yilning 25 martida Belgiya terma jamoasida debyut qilgan va shundan so'ng jamoa safida 35 ta o'yinda maydonga tushgan.

Darvozabon "Sanderlend" va "Liverpul"dagi o'yinlari bilan tanilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Planet Sport