"Liverpul" Mbappe uchun ispan grandlari bilan kurashadi

Alisher
17 okt 2020, 11:48
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

21 yoshli futbolchining xizmatlariga "Liverpul" rahbariyati qiziqish bildirmoqda. Oldinroq, o'yinchini Kataloniyaning "Barselona" va Madridning "Real" klublari kuzatayotgani xabar qilingan edi.

Eslatib o'tamiz, Mbappening Parij grandi bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. PSJ xo'jayinlari Kilianga 5 yillik yangi shartnoma taklif qilishmoqda.

Forvard joriy mavsum Fransiya chempionati doirasidagi 4ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS