"Liverpul" himoyachisi omadsiz ijaradan so'ng jamoaga qaytdi

Sherzod Nurmatov
4 yanv 2024, 14:40
Futbolchi o'yin vaqtiga ega bo'lmadi.

"Liverpul" o'zining rasmiy veb-saytida "Aberdin"dan himoyachi Ris Uilyamsning muddatidan oldin jamoaga qaytganini e'lon qildi. Angliyalik futbolchining Shotlandiyadagi faoliyati muvaffaqiyatsiz tugadi.

Futbolchi yarim mavsum davomida Shotlandiya chempionatida ham, evrokuboklarda ham maydonga tushmadi. Bungacha u ijara asosida "Blekpul", "Suonsi" va "Kidderminster" klublarida o'ynagandi.

Uilyams 2011 yildan beri "Liverpul" tizimida harakat qilmoqda. 22 yoshli markaziy himoyachi shu kungacha "qizillar"ning asosiy tarkibida 19 ta o'yinda ishtirok etdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: liverpoolfc.com