"Liverpul" himoyachisi bir necha haftaga safdan chiqdi

Sherzod Nurmatov
15 fev 2024, 17:34
Trent Aleksander-Arnold tizzasidan olgan jarohatini qaytalab oldi.

"Liverpul" himoyachisi Trent Aleksander-Arnold bir necha hafta maydonga tusha olmaydi, deya xabar berdi "The Times".



Ma'lumotlarga ko'ra, 25 yoshli futbolchi yanvar oyi boshida tizzasidan orttirib olgan jarohatini qaytalab olgan. Shu tariqa, himoyachi "Chelsi"ga qarshi Liga Kubogi finalini o'tkazib yuboradi.

Trent joriy mavsum "Liverpul" safida 29 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 9 ta golli pas uzatdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Times