"Liverpul" bu mavsumda ilk marta ketma-ket ikki o'yinda mag'lub bo'ldi

Mirjalol Normatov
8 yanv 2019, 15:45
"Liverpul" "Vulverxempton"ga mag'lub bo'lgan holda Angliya Kubogini 1/32 bosqichidanoq tark etdi.

Yurgen Klopp boshchiligidagi jamoa ushbu mavsumda ilk marta ketma-ket ikki o'yinda mag'lub bo'ldi. Jamoa bundan oldingi bahsda "Manchester Siti"ga 1:2 hisobida yutqazib qo'ygandi.

"Liverpul" 54 ochko bilan APL yetakchisi bo'lib turibdi. "Vulverxempton" esa 29 ochko bilan 9-o'rinda ketmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia