"Lion"ga qarshi bahs olidan Dembeleda jarohat aniqlandi

Aslanov Jasurbek
11 mar 2019, 11:25
"Barselona" hujumchisi Usmon Dembele "Lion"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvida ishtirok etishi so'roq ostida.

Futbolchi "Rayo Valekano"ga qarshi LaLiganing 27-tur bahsida zaxiradan maydonga tushib, 45 daqiqa o'ynagan edi.

Uchrashuvdan so'ng Dembele oyog'ida og'riq his qildi. Tibbiy tekshiruvlardan so'ng fransiyalikda kichik jarohat aniqlandi. Hujumchi "Lion"ga qarshi bahs oldidan yana bir marta tekshiruvdan o'tadi va maydonga tushishi borasida qaror qabul qilinadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: VivaBarca.net