Lionel Messi: “PSJ” dunyoning eng kuchli jamoalaridan biri, ammo “Real”ni ham unutmaslik kerak”

28 yanv 2018, 00:00
“Barselona” hujumchisi Lionel Messi Chempionlar ligasidagi raqobat haqida gapirdi.

“Ayni paytda “Manchester Siti” dunyoning eng kuchli jamoalaridan biri. “PSJ” ham shular qatorida. Ammo oldinda hali ko'plab uchrashuvlar bor va bu ruyxatdan “Real”ni o'chirib tashlamasdim. Ularda katta tajriba va mahorat bor.

Bundan tashqari “Bavariya” ham borki, ular yaxshi tayyorgarlikka ega va oxirigacha kurashishadi”, deydi Messi “World Soccerga bergan intervyusida.

“Real” va “PSJ” Chempionlar ligasining 1/8 finalida o'zaro kuch sinashishadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca