"Lion" yulduzi varrak uchirish vaqtida jarohat oldi

Sherzod Nurmatov
25 iyun 2022, 19:11
"Lion" yarim himoyachisi Lukas Paketa tez orada barmog'ini operaciya qildiradi.

Futbolchi varrakni uchirish chog'ida jarohat olgan.

"Bolaligimdagi o'yinlar haqidagi xotiralarimning ham o'z oqibati bor. Bugun men varrak uchirishga qaror qilib, barmog'imni kesib oldim. Kelajakda harakatlar bilan bog'liq muammolar yuzaga kelmasligi uchun kichik operaciyani boshdan o'tkazaman", – deb yozdi Paketa Twitter'da.

Paketa o'tgan mavsumda barcha musobaqalarda 43 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 7 ta golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/LucasPaqueta97