"Lion" prezidenti: "Auar "Arsenal"ga o'tmaydi"

Mirjalol Normatov
27 sen 2020, 16:45
"Lion" prezidenti Jan-Mishel Olas yarim himoyachi Ussem Auar borasidagi mish-mishlar borasida javob berdi.

Oldinroq unga "Arsenal" tomonidan taklif tushayotgani borasida ma'lumotlar tarqagandi.

"Arsenal" Auar bilan shartnoma imzolash imzolashga yaqin emas. U bizga kerak, jamoa YCHLda katta maqsadlarni qo'ygan", - dedi Olas.

Oldinroq "Arsenal" "Lion"ga 30 mln evro taklif qilgani aytilgandi. Futbolchining o'zi ham Londonga ko'chib o'tishga qarshi emas.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal