Liga 1 yangi mavsumida ishtirok etadigan barcha klublar ma'lum

Eldor Akmurzayev
30 may 2021, 23:50
“Nant” Fransiya yuqori divizionida qoldi.

Jamoa pley-offning ilk bahsida “Tuluza”ni 2:1 hisobida engdi, javob uchrashuvida esa 0:1 natijasi bilan yutqazdi. Antuan Kombaure shogirdlari safarda urilgan gol evaziga Liga 1'da 2021/22 yilgi mavsumida ham qatnashadigan bo'ldi.

Liga 2'dan ko'tarilganlar – “Trua”, “Klermon”

Pley-offda g'alaba qozondi – “Nant”

O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra quyi divizionga tushib ketganlar – “Nim”, “Dijon”.

Eslatib o'tamiz, Fransiya chempionati yangi mavsumi 7 avgust kuni boshlanadi va 2022 yil 21 mayiga qadar davom etadi. Musobaqaning amaldagi chempioni "Lill" hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia