Fransiya chempionati autsayderida murabbiy iste'foga chiqarildi

Mirjalol Normatov
11 dek 2025
Luish Manuel Kashtru "Nant" bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarildi.

Bu haqda klub matbuot xizmati ma'lum qildi.

Mavsum yakuniga qadar jamoani Ahmad Kantari boshqardi.

Portugaliyalik murabbiy iyul oyida jamoa boshqaruvni qo'liga olgandi. Shundan keyin jamoa uning qo'l ostida 15 o'yinda qatnashib, 2 g'alaba, 5 durang va 8 mag'lubiyat qayd etdi.

"Nant" ayni damda 11 ochko bilan chempionat turnir jadvalida 17-o'rinni egallab turibdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: fcnantes.com