Liga 1. PSJ yirik hisobda g'alaba qozondi

Omonjon To`xtamirzayev
23 noya 2025
Fransiya chempionati navbatdagi turida "Pari Sen-Jermen" o'z maydonida "Gavr"ni qabul qildi.

Uchrashuv kutilganidek mezbonlarning ishonchli g'alabasi (3:0) bilan yakunlandi.

Gollarga Li (29'), Nevesh (65') va Barkola (87') mualliflik qilishdi.

Ushbu g'alabadan keyin PSJ 30 ochko jamg'ardi, mehmonlar hisobida esa 14 ochko bor.

Keyingi turda "Pari Sen-Jermen" 29 noyabr sanasida "Monako"ga qarshi maydonga tushadi. "Gavr" esa 30 noyabr kuni "Lill" bilan bahs olib boradi.


"Oltin to'p" sohibi maydonga qaytishga yaqin


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia