Liga 1. PSJ "Loryan" darvozasiga 5 ta to'p yo'lladi, Mbappe va Neymardan dubl

Sherzod Nurmatov
4 apr 2022, 01:43
Fransiya chempionati 30-turidan joy egallagan uchrashuv nihoyasiga etdi.

Uchrashuvda parijliklar yirik hisobda zafar quchishdi – 5:1. 

12-daqiqada Mbappe Neymarni pas bilan taminladi, braziliyalik futbolchi yaqin masofadan darvozabonni ojiz qoldirdi.

28-daqiqada tinib-tinchimas Mbappe pastki burchakni nishonga oldi.

56-daqiqada himoyachilarning xatosidan so'ng Terem Moffi jamoasining yagona to'pini kiritishga erishdi.

67-daqiqada Mbappe dublni rasmiylashtirdi.

73-daqiqada nihoyat, Messi ham niyatiga yetishdi. Argentinalik hujumchi Mbappening pasidan so'ng zarba yo'lladi, to'p to'singa tekkan holda darvozadan joy oldi. 

90-daqiqada Mbappening uzatmasidan keyin Neymar ham o'yindagi 2-golini urdi.  

PSJ – Loryan 5:1 

Park de Prens

Gollar: 1:0 – 12 Neymar, 2:0 – 28 Mbappe, 2:1 – 56 Moffi, 3:1 – 67 Mbappe, 4:1 – 73 Messi, 5:1 – 90 Neymar.

PSJ – Donnarumma, Xakimi, Markinos (Ramos, 72), Kimpembe, Mendesh, Danilu Pereyra (Kerer, 80), Guye, Paredes (Veynaldum, 43), Messi, Mbappe, Neymar.

Loryan – Dreyer, Mendes, Laport, Petro, Le Goff, Uattara (Loryante, 77), Le Fe (Lemuan, 89), Monkondyui (Igor Silva, 89), Aberjel, Moffi (Buagar, 77), Kone (Sumano, 68).

Ogohlantirishlar: Kone (38), Guye (53), Kimpembe (57).

Turnir jadvali

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia