"Lids" 20 million funtlik transferni amalga oshirishi mumkin

Alisher
21 sen 2020, 10:37
"Atalanta" yarim himoyachisi Ruslan Malinovskiy faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

"Lids" "Udineze" xavbeki Rodrigo de Paulning transferi bekor bo'lganidan so'ng ukrainalik futbolchi bilan shartnoma imzolash variantini o'rganmoqda.

Angliya klubi bosh murabbiyi Marselo Belsa xavbek Pablo Ernandes bilan raqobat qiladigan hujumkor yarim himoyachini xarid qilishni xohlamoqda.

Malinovskiyning transferi "Lids"ga taxminan 20 million funt (21,9 million evro atrofida)ga tushishi taxmin qilinmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: telegraph.co.uk