

Shu tariqa "qizil iblislar" 1981 yildan beri ilk bor "Old Trafford"da "Lids"ga chempionat o'yinida yutqazdi.
Avvalgi marta mankunianliklar o'z maydonida yorkshirliklarga 1981 yil fevralda 0:1 hisobida mag'lub bo'lgan edi. O'sha mavsum yakunlariga ko'ra "Manchester Yunayted" chempionat jadvalida 8-o'rinni, "Lids Yunayted" esa 9-o'rinni egallagan.
APL-2025/2026 mavsumi 32-turidan keyin "Manchester Yunayted" 55 ochko bilan uchinchi o'rinda qoldi. "Lids" 36 ochko bilan 15-o'rinda turibdi.



