Levandovski yana bir nufuzli mukofotni qo'lga kiritdi

Eldor Akmurzayev
29 dek 2020, 21:10
Xalqaro sport matbuot assotsiatsiyasi (AIBS) “Bavariya” forvardi Robert Levandovskini 2020 yildagi eng yaxshi sportchi deb e'lon qildi.

So'rovnomada 116 mamlakatning 442 nafar jurnalisti qatnashdi. Levandovski 16,3 foiz ovoz to'plab, Formula-1 poygachisi Lyuis Xemilton (14,3%), tennischi Rafael Nadal (9,9%) va “Los-Anjeles Leykers” basketbolchisi Lebron Jeyms (9,5%)ni ortda qoldirdi.

Polshalik hujumchi joriy yil myunxenliklar bilan Germaniya chempionati, Kubogi va Superkubogida zafar quchib, YCHL va Yevropa Superkubogi titullarini qo'lga kiritdi. Avvalroq, u FIFA va UEFA tomonidan “yil futbolchisi” nomiga ham sazovor bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: AIBS