"Lester" "Real" futbolchisi uchun kurashga qo'shildi

Alisher
11 iyul 2020, 13:47
"Lester" "Real" hujumchisi Luka Yovich uchun kurashishga tayyor.

Xabar qilinishicha, Angliya klubi 22 yoshli o'yinchini 35 million evroga xarid qilishga tayyor.

Oldinroq, "Milan" serbiyalik futbolchini ikki mavsumga ijaraga olgan holda, 7 million evro atrofida pul to'lashi mumkinligi aytilgan edi.

Yovich joriy mavsum "Real" safida barcha musobaqalarda 25ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Star