Leroy Sane Turkiya jamoasiga o'tdi

Mirjalol Normatov
12 iyun 2025
Leroy Sane "Galatasaroy" a'zosiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati bayonot berdi.

Unga ko'ra, tomonlar 3 yillik shartnomaga qo'l qo'yishgan.

Futbolchi yiliga soliqlardan tashqari 9 mln evro maosh oladi. Shuningdek, bu maosh bonuslarga qarab yana 3 mln evroga ko'payishi mumkin.

O'tgan mavsumda Sane "Bavariya" tarkibida Bundesliganing 30 o'yinida qatnashib, 11 gol va 5 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: https://www.instagram.com/galatasaray/