Leroy Sane MYU va "Arsenal"dan bo'layotgan qiziqish haqida gapirdi

Administrator
20 noya 2024, 20:41
Futbolchi nemis klubida baxtli ekanini ta'kidladi.

"Bavariya" klubi vingeri Leroy Sane ingliz klublaridan bo'layotgan qiziqishlar haqida berilgan savollarga javob qaytardi. Ma'lumot uchun, 28 yoshli futbolchiga "Manchester Yunayted" va "Arsenal" klublari xaridor bo'lib turibdi. 

"Men o'zimga va klubdagi holatga ishonch bilan qaramoqdaman. Yangi bitim bo'yicha muzokaralar barqaror kechmoqda. Maydonda yana to'liq harakat qilishni maqsad qilganman. Klub rahbariyati bilan muloqotimiz yaxshi ruhda kechmoqda.

APL menga yoqadi va bazi uchrashuvlarni tomosha qilib boraman. Lekin menga o'zimni qulay his qiladigan, eng yaxshi o'yinimni ko'rsatadigan va sovrinlar yutadigan klub kerak. Bularning barchasi "Bavariya"da bor", -deydi Leroy Sane.

Ma'lumot uchun, Sanening "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi ushbu mavsum oxirida yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Bild