Leonid Fedun: “Liverpul” bilan ham kurashamiz”

24 avg 2017, 23:20
“Spartak” (Moskva) klubi xo'jayini Leonid Fedun jamoasining YCHL guruh bosqichidagi imkoniyatlari haqida gapirib o'tdi.

Qur'a natijalariga ko'ra, moskvaliklar o'z guruhlarida “Sevilya”, “Liverpul” va “Maribor” bilan bahs olib borishadi.

“Guruhimizda teng kuchli raqiblar joy olgan. Ular orasidan “Liverpul”ni alohida ko'rsatish mumkin. Qolgan ikki jamoa bilan bemalol kurashsa bo'ladi. Albatta, “Liverpul”ga qarshi o'yinda ham natija uchun maydonga chiqamiz. Birinchi o'yinga qadar hammada imkoniyat bir xil”, deydi Fedun.


O'xshash yangiliklar


Manba: Спорт-Экспресс