

“Manchester Yunayted” va “Manchester Siti” davogar bo'lib turgan “Bayer” futbolchisi Leon Beylining narxi ma'lum qilindi. Leverkuzen klubi futbolchini 50 mln evro evaziga sotib yuborishga tayyorligini bildirdi. Futbolchining o'zi ham jamoasini o'zgartirish va APLga ko'chib o'tishga qarshi emas.



