“Yuventus” yarim himoyachisi Mario Lemina faoliyatini Angliyada davom ettiradi.
Gabonlik tayanch yarim himoyachi “Sautgempton” bilan 5 yillik bitimga imzo chekdi. Uning transferi uchun inglizlar Turin klubiga 17 million evro va yana 3 million evro bonus sifatida to'lashlari mumkin.