Fransiya chempionati. "Lans" Husanovsiz o'z uyida "Marsel"dan uchta to'p o'tkazib, mag'lub bo'ldi

Alisher
23 noya 2024, 23:00
Liga 1 12-tur doirasidagi "Lans" - "Marsel" o'yini bo'ldi.


Mezbonlarning asosiy himoyachilaridan biri Abduqodir Husanov o'yinni diskvalifikaciya sabab o'tkazib yubordi. Hamyurtimiz chempionat doirasidagi PSJga qarshi o'yinda qizil kartochka olgandi.


"Lans" - "Marsel" 1:3

Gollar: 0:1 – 49 Ronje, 0:2 – 57 Luis Enrike, 1:2 – 80 Fyuljeni, 1:3 – 89 Xeyberg.

"Lans": Samba, Medina, Danzo, Sarr (Zaruri, 69), David Koshta (El Enaui, 58), Sotoka (Labo-Laskari, 58), Machado, Odjediran (Fyuljeni, 77), Tomasson (Diuf, 58), Frankovski, Nzola.

"Marsel": Ruli, Balerdi, Kondogbia, Murilo, Garsiya, Rabo, Xeyberg, Ronje (Nadir, 78), Luis Enrike, Mope (Vai, 90+2), Grinvud (Rou, 81).

Ogohlantirish: Ronje (19), Frankovski (37), Kondogbia (65), Machado (74), Danzo (83), Garsiya (90+1).


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia