"Lacio" "Real" sobiq himoyachisi Marselo bilan shartnoma imzolashi mumkin

Alisher
21 iyul 2022, 17:38
"Lacio" "Real" sobiq himoyachisi Marselo bilan muzokaralarni boshladi.

34 yoshli braziliyalik Rim klubidan 3 yillik shartnoma uchun bir mavsum uchun 2,5 million evro atrofida maosh so'radi.

Qayd etish kerakki, "burgutlar" himoyachi bilan shartnoma imzolash variantini jiddiy tarzda ko'rib chiqishmoqda, ammo ular futbolchining jismoniy holatidan xavotirga tushishmoqda.

Eslatib o'tamiz, Marselo Madrid klubida 2007-2022 yillarda o'ynadi. U "qaymoqranglilar" tarkibida 544ta o'yinda 37ta gol va 103ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport