La Liga. "Valensiya" bir kishi kam bo'lib qolgan autsayderga imkoniyatni boy berdi

13 iyul 2020, 00:48
La Liga 36-tur bahslari davom etadi.

Mazkur tur doirasida o'z maydonida "Valensiya"ni qabul qilgan "Leganes" futbolchilari irodali g'alabani qo'lga kiritishdi. Uchrashuvda hisob Ruben Peres toponidan ochildi (18-daqiqa, penalti). Ikkinchi taym avvalida mezbonlar bir kishi kam bo'lib qolganiga qaramay, "ko'rshapalaklar" natijani o'zgartira olishmadi.

Ushbu g'alabadan keyin "Leganes" (32 ochko) musobaqa jadvalining 18-pog'onasiga ko'tarilib olgan bo'lsa, "Valensiya" (50 ochko) 9-o'rinda boryapti.

Leganes – Valensiya 1:0 

12 iyul, 22.30, Butarke

Gol:

1:0 – 18, penalti Ruben Peres.

Leganes – Kuelyar, Silva, Avazem, Rosales, Rodriges (Xil, 22; Aviles, 86), Ruibal, Ruben Peres (Resio, 86), Siovas, Amadu, Tarin, Gerrero (Mesa, 62).

Valensiya – Domenek, Kosta (Cheryshev, 64), Gabriel Paulista (Li Kan In, 74), Diakabi, Vass (Florenci, 64), Koklen, Gedesh, Parexo, Kondogbia (Ferran Torres, 46), Gameyro (Sobrino, 86), Maksi Gomes.

Ogohlantirishlar:

Vass (9), Mesa (70), Ruibal (80), Avazem (90), Resio (90).

Chetlatish:

Silva (54).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia