La Liga. Torresning goli “Atletiko”ga g'alaba keltirdi

17 dek 2017, 02:55
Ispaniya chempionatining 16-turida “Atletiko” o'z maydonida uch ochkoni qo'lga kiritdi.

“Alves”ga qarshi bahsda zaxiradan maydonga tushganinga besh daqiqa o'tar-o'tmas Fernando Torres jamoasiga g'alaba keltirgan golga mualliflik qildi.

Natijada “Atletiko” ochkolari sonini 36 taga etkazib, turnir jadvalida “Valensiya”ni ortda qoldirdi va ikkinchi pog'onaga ko'tarildi.

Ispaniya chempionati, 16-tur.

Atletiko – Alaves 1:0 (0:0, 1:0)

Gol: 1:0 – 74 Torres.

Atletiko – Oblak, Savich, Filipe Luis, Vrsalko, Godin, Parti (Korrea, 46), Gabi, Saul (Torres, 69), Koke, Gameyro (Ferreyra Karrasko, 69), Grizmann.

Alaves –Pacheko, Maripan, Duarte, Agirregabiria, Ruano, Pina (Krkich, 77), Manu Garsiya, Burgi (Medran, 63), Pedrasa, Ibai Gomes (Santos, 84), Munir.

Ogohlantirish: Parti (18), Savich (34), Maripan (35), Pina (55), Duarte (61), Godin (67), Ruano (86).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia