La Liga. "Osasuna" – "Atletiko" o'yinida to'rtta gol urildi

1 noya 2020, 00:29
Ispaniya chempionati 8-tur bahslari davom etadi.

Biroz avval yakuniga etgan "Osasuna" va "Atletiko" jamoalari o'rtasidagi bahsda Diego Simeone shogirdlari g'alaba qozonishdi (1:3). "Matraschilar" safida Joau Feliks dubl qayd etib, Lukas Torreyra bitta gol urgan bo'lsa, "Osasuna"ning yagona javob goliga Ante Budimir mualliflik qildi → TURNIR JADVALI

Osasuna – Atletiko 1:3 

31 oktyabr, 22.30, El-Sadar

Gollar:

0:1 – 43, penalti Joau Feliks, 0:2 – 69 Joau Feliks, 1:2 – 80 Budimir, 1:3 – 88 Torreyra.

Osasuna – Errera, Unai Garsiya, Ronkalya (Vidal, 84), David Garsiya, Monkayola, Oyer Sanxurxo (Torro, 59), Ruben Garsiya, Inigo Peres, Xoni Rodriges (Roberto Torres, 68), Galego (Barxa, 68), Adrian (Budimir, 68).

Atletiko – Oblak, Ermoso, Tripper, Savich, Ximenes, Lorente, Errera, Korrea (Lemar, 86), Vitolo (Felipe, 90), Joau Feliks (Torreyra, 85), Koke.

Ogohlantirishlar:

Errera (42), Koke (72), Lorente (90).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia