La Liga. “Barselona” “Xetafe”ga qarshi bahs uchun futbolchilar qaydnomasini e'lon qildi

Eldor Akmurzayev
14 fev 2020, 19:55
Ispaniya chempionatining 24-turi doirasida 15 fevral kuni “Barselona” o'z maydonida “Xetafe”ni qabul qiladi.

Bahs Toshkent vaqti bilan 20:00ga belgilangan bo'lib, kataloniyaliklar ushbu bellashuvda qatnashadigan o'yinchilarning ro'yxatini ma'lum etdi.
Eslatib o'tamiz, Usmon Dembele va Luis Suares jarohati bois “Kamp Nou”dagi uchrashuvni o'tkazib yuboradi. “Betis”ga qarshi o'yinda qizil olgan Kleman Langle ham ertangi bahsni o'tkazib yuboradi.

Darvozabonlar: Mark-Andre ter Shtegen, Neto.

Himoyachilar: Serji Roberto, Nelson Semedu, Jerar Pike, Samyuel Umtiti, Jordi Alba, Xunior Firpo, Ronald Arauxo.

Yarim himoyachilar: Serdji Buskets, Arturo Vidal, Ivan Rakitich, Frenki de Yong, Artur.

Hujumchilar: Lionel Messi, Antuan Grizmann, Ansu Fati, Rey Manay.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/FCBarcelona