La Liga. Messining pokeri “Barsa”ga yirik g'alaba keltirdi va kataloniyaliklar 1-o'ringa ko'tarildi

Eldor Akmurzayev
22 fev 2020, 22:00
Ispaniya chempionatining 25-turidan o'rin olgan “Barselona” – “Eybar” uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda kataloniyaliklar sardori Lionel Messi pokerga erishib, 4 o'yinlik golsiz seriyasiga yakun yasadi. Yani bir to'p Artur hisobiga yozilgan. 

Yaqindagina jamoaga kelib qo'shilgan Martin Breytueyt esa 72-daqiqada Antuan Grizmanning o'rniga maydonga tushib, “ko'k-anorranglilar” safida debyut o'yinini o'tkazdi.

Barselona – Eybar 5:0 (3:0, 2:0)

Kamp Nou

Gollar: 1:0 – 14 Messi, 2:0 – 37 Messi, 3:0 – 40 Messi, 4:0 – 87 Messi, 5:0 – 89 Artur.

Barselona – ter Shtegen, Pike (Umtiti, 68), Firpo, Semedu, Langle, Artur, Rakitich, Buskets (de Yong, 59), Vidal, Messi, Grizmann (Breytueyt, 72).

Eybar – Dmitrovich, Arbilya, Texero, Burgos, Xose Anxel, Eskalante, Diop, Inui (De Blasis, 66), Orelyana, Eksposito (Kristoforo, 83), Enrik (Kike Gonsales, 66).

Ogohlantirishlar: Eskalante (64), Diop (85).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia