La Liga. “Barselona” yaqin taqibchisini mag'lub etib, peshqadam "Real"ga yetib oldi (+jadval)

Eldor Akmurzayev
15 fev 2020, 22:00
Ispaniya chempionati 24-turida "Barselona" 2:1 hisobida "Xetafe" ustidan zafar quchdi.

Kataloniyaliklar safida Antuan Grizmann hamda Serji Roberto o'z nomini tabloga yozdirgan bo'lsa, raqib jamoa tarkibida esa Anxel Rodriges chiroyli zarbasi bilan javob goli muallifiga aylanadi. 

Shu tariqa, “ko'k-anorranglilar” 3-o'rindagi Xetafe bilan oradagi farqni (10 ochko) yiriklashtirishdi va peshqadam "Real" bilan tenglashib olishdi.

Barselona – Xetafe 2:1 (2:0, 0:1)

Kamp Nou

Gollar: 1:0 – 33 Grizmann, 2:0 – 39 Serdji Roberto, 2:1 – 66 Anxel Rodriges.

Barselona – ter Shtegen, Serdji Roberto, Umtiti, Pike, Alba (Firpo, 22), Buskets, Artur (Rakitich, 75), de Yong, Fati (Vidal, 85), Grizmann, Messi.

Xetafe – Soriya, Echeyta, Djene, Nom, Kukurelya, Maksimovich, Arambarri, Etebo (Ndiaye, 67), Olivera (Kenedi, 52), Mata, Molina (Anxel Rodriges, 52).

Ogohlantirishlar: Umtiti (49), Mata (73), Firpo (82), Fati (85), Kenedi (89).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia