Kutrone B Seriya klubiga o'tishi mumkin

Alisher
6 avg 2022, 12:33
"Vulverxempton" hujumchisi Patrik Kutrone Janluiji Buffonning jamoadoshiga aylanishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, italiyalik B Seriyada ishtirok etayotgan "Parma"ga taklif etildi.

Eslatib o'tamiz, 24 yoshli Kutrone o'tgan mavsumni ijara asosida "Empoli"da o'tkazdi va A Seriya doirasida 3ta gol urdi. Patrik 2019 yilning yozida "Vulverxempton"ga o'tganidan so'ng "Valensiya" va "Fiorentina" jamoalarida ijara asosida o'ynadi.

Kutrone "Milan" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Futbolchi 21 yoshida "rossoneri" safida A Seriyada 63ta o'yin o'tkazib, 13ta gol urishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira