Rasman: "Valensiya" Kutroneni ijaraga oldi

Alisher
1 fev 2021, 07:08
"Vulverxempton" forvardi Patrik Kutrone ijara asosida "Valensiya"ga o'tdi.

23 yoshli futbolchi yanvar boshida "Fiorentina"dan bir yillik ijaradan qaytgan edi va yana ispan klubiga ijaraga berildi.

Kutrone joriy mavsum Italiya chempionati doirasidagi 11ta o'yinda maydonga tushdi.

Eslatib o'tamiz, italiyalik futbolchi "Vulverxempton"ga 2019 yilda "Milan"dan o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/valenciacf