

Oldinroq belgiyalik "Manchester Yunayted"ga qarshi APLning 33-tur uchrashuvini jarohat tufayli o'tkazib yuborgani e'lon qilingan edi.
Ma'lumotlarga ko'ra, "Chelsi" mashg'ulot bazasida NBA uchun suratga olinayotgan reklama roligi vaqtida bu shikastlanish sodir bo'lgan. Posbon basketbol to'pini ushlashga urinib, erga noto'g'ri tushgan va oyog'ini qayirib olgan.
Kurtuaning jarohati jiddiy emas va u 22 aprelgacha safga qaytadi.


