Kurtua: "Biz "Barselona"dan kuchliroqmiz"

Mirjalol Normatov
11 may 2020, 21:42
"Real" posboni Tibo Kurtuaning fikriga ko'ra, jamoa LaLiga turnir jadvalida "Barselona"dan o'tib ketishni istamoqda.

"Barselona"dan ortda qolayotgan bo'lsak-da, ayta olaman, biz ulardan kuchliroqmiz. Agarda chempionat oxirigacha etkazilsa va barcha 11 tur o'ynalsa, ulardan o'tib kyetib, chempion bo'la olamiz", - dedi golkiper.

Katta ehtimol bilan LaLiga 12 iyundan davom ettiriladi. 27 turdan keyin "Real" Primero turnir jadvalida "Barselona"dan 2 ochkoga ortda qolgan holda 2-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca